2025-yil 27-mart kuni Shirin shahar Axborot-kutubxona markazi Abonementlar va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish xizmati mutaxassislari tomonidan shahardagi Shirin shahar SEO va JSB bo‘limiga tashkil etilgan ko‘chma kutubxonaga adabiyotlar yangilandi.Mazkur tashabbus doirasida foydalanuvchilarga zamonaviy va klassik asarlar, hamda badiiy adabiyotlar taqdim etildi. Ko‘chma kutubxona fondini yangilash orqali kitobxonlarga sifatli va turli janrdagi materiallarni yetkazib berish maqsad qilingan.Ko‘chma kutubxona fuqarolar uchun qulaylik yaratish, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish hamda bilim olishga bo‘lgan qiziqishni oshirishga xizmat qiladi. Ushbu loyihaga mutaxassislar tomonidan muntazam ravishda yangilanishlar kiritilib, kitoblar soni va turlari kengaytirib boriladi.