✳️O’zbekistonda Navro’z — bahor va yangi yilni qarshi olishning ramzi sifatida keng nishonlanadigan bayramdir. Har yili 21 martda, bahorning boshlanishi bilan, tabiatning uyg’onishi va yangilanishi munosabati bilan o’tkaziladi. Navro’z O’zbekistonning eng muhim xalq bayramlaridan biridir va qadimiy an’analarga ega. Bayramda o’zbek xalqining ko’plab an’analari va urf-odatlari namoyon bo’ladi.
✅2025-yil 19-mart kuni Shirin shahar Axborot-kutubxona markazi “Sirdaryo IES” AJ obyektlarida Yong‘in xavfsizligini ta’minlashni tashkil etish bo‘limi xodimlari tashrif buyurishib, Navro’z bayramiga bag’ishlangan «An’ana, urf-odat va qadriyat» nomli davra suhbati bo’lib o’tdi. Ushbu tadbirda, Navro’zning tarixiy ahamiyati, uning xalqimizning madaniy merosi va qadriyatlarimiz haqida qizg’in suhbatlar olib borildi. Bundan tashqari tadbir ishtirokchilari o’zlari qiziqqan kitoblar haqida kerakli ma’lumotlarga ega bo’ldilar.





