✅2025-yil 20-fevral kuni Shirin shahar Axborot-kutubxona markazida Axborot-kutubxona markazi Kasaba uyushmasining 2024-yil yakuni bo‘yicha jamoa shartnomasining bajarilishi yuzasidan mehnat jamoasining hisobot-saylov konferensiyasi o‘tkazildi.

💢Kun tartibidagi masala yuzasidan, Shirin shahar Axborot-kutubxona markazi Kasaba Uyushmasi tomonidan 2020-2024-yillardagi faoliyati to‘g‘risida hisoboti o‘tkazildi. Axborot-kutubxona markazi Kasaba uyushma qo‘mitasi raisi I.Xusanova va Axborot-kutubxona markazi Kasaba uyushmasi qo‘mitasi hisobchisi G. Xodjakulovalar Jamoa shartnomasining 2024-yilda bajarilgan ishlar bo‘yicha hisobotlarini o‘qib eshittirdi. Konferensiyada kasaba uyushmasi raisining hisoboti va kasaba uyushmasi faoliyati muhokama qilindi. Muhokamalardan so‘ng boshlang‘ich kasaba uyushmasi raisi, a’zolari va taftish komissiyasi saylandi hamda tegishli qarorlar qabul qilindi.