Sirdaryo viloyati axborot kutubxona-markazida sumalak sayli tashkil etildi. Markazdagi xodimlar ishtirokida erta tongdan milliy taomlarimizdan bo‘lgan sumalak doshqozonga osildi. O‘ylaymizki, Sumalak taomi tayyorlanishida markaz xodimlarining barcha yaxshi orzu-umidlari, niyatlari mujassam bo‘ladi.