💢2025-yil 18-fevral kuni Sirdaryo viloyati Shirin shahrida “Yosh kitobxon” tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi. Mazkur tanlov Yoshlar ishlari agentligi tomonidan yoshlarning dunyoqarashi va fikrlash doirasini kengaytirish, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, intellektual salohiyati va iqtidorlarini namoyish etish uchun yaratilgan muhim loyihalardan biridir.

💢Shirin shahrida joylashgan Yoshlar markazida o‘tkazilgan ushbu intellektual bellashuvda kitobsevar yoshlar 10-14, 15-19, 20-30 yosh toifasi bo‘yicha o‘z bilimini namoyish etdilar. Tanlov davomida ishtirokchilar berilgan asarlar bo‘yicha savollarga javob berib, kitobxonlik madaniyati va mutolaa bo‘yicha chuqur bilimlarini sinovdan o‘tkazdilar.

💢Tanlovning 20-30 yosh toifasida Shirin shahar Axborot-kutubxona markazi Abonementlar va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish xizmati rahbari Yaxyoyeva Shahnoza ham faol ishtirok etdi.

💢“Yosh kitobxon” tanlovi har yili an’anaviy tarzda o‘tkazilib, yoshlarning kitobga bo‘lgan qiziqishini oshirishga xizmat qilmoqda. Ushbu bosqich g‘oliblari keyingi – respublika bosqichida ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

✅Tadbir so‘nggida ishtirokchilarga tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari topshirildi. Tanlov natijalariga ko‘ra, 1-o‘rinni egallagan ishtirokchiga esa Respublika bosqichiga yo‘llanma berildi. Tadbir tashkilotchilari kitobxon yoshlarning faolligini alohida e’tirof etib, ularning intellektual rivojlanishida bunday tanlovlarning muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladilar.