2025-yil 17-fevral kuni Shirin shahar Axborot-kutubxona markazining Abonementlar va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish xizmatining asosiy zalida Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi tomonidan tashkil etilgan “Kitobxon onalar” kuniga bag‘ishlangan “Fitratning Oila yoki oila boshqarish tartiblari” nomli kitobining tahlili haqidagi zoom konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.Bunda Axborot-kutubxona markazining foydalanuvchi faol kitobxon onalari hamda yosh kitobxonlar ham ishtirok etdi. Tadbirda Fitratning oilaviy qadriyatlar, tarbiya va oila boshqaruvi borasidagi fikrlari muhokama qilindi. Kitobxon onalar bu asar orqali oilaning jamiyatdagi o‘rni, farzand tarbiyasidagi muhim jihatlar hamda an’anaviy va zamonaviy tarbiya uslublari haqida bilimlarini boyitdilar. Konferensiyada qatnashchilar kitobning dolzarbligi, undagi fikrlarning bugungi kundagi ahamiyati haqida o‘z mulohazalarini bildirib, o‘zaro fikr almashdilar.Tadbir yakunida ishtirokchilar oilaviy tarbiyada kitobxonlik madaniyatining o‘rni va onalarning ma’naviy yetukligi jamiyat rivoji uchun nechog‘lik muhim ekanini ta’kidladilar. Shu kabi ilmiy-ma’rifiy uchrashuvlarni muntazam o‘tkazish, onalar va yosh avlodni kitob o‘qishga yanada keng jalb etish bo‘yicha takliflar bildirildi.Bu kabi tadbirlar onalarning nafaqat oilada, balki jamiyat hayotida ham yetakchi kuch sifatida shakllanishiga katta hissa qo‘shadi.



