2025-yil 17-fevral kuni Shirin shahar axborot-kutubxona markazida Sirdaryo viloyati tashkil topganining 62 yilligiga bag‘ishlab, “Jannatimsan, Sirdaryo” nomli kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi. Ko‘rgazmada Sirdaryo viloyatiga oid adabiyotlar hamda oynomalar joy olgan. Ushbu ko‘rgazmaga tashrif buyurgan foydalanuvchilar Sirdaryo viloyati haqidagi adabiyotlar, oynomalarda bosilgan maqolalar bilan tanishdilar.

