Kitob – insonning eng yaqin do‘sti va maslahatchisi, aql qayrog‘i va bilim manbaidir. Kitob fikrlash quroli, xazinalar kaliti, tafakkur manbai bo‘lgani uchun ham xalqimiz uni nonday aziz, mo‘tabar va muqaddas deb hisoblangan. Shuning uchun kitobga muhabbat, uni qadrlash, o‘qishga ishtiyoq xalqimizning qon-qoniga singib ketgan.

Shirin shahar Axborot-kutubxona markazi 2025-yil 29-yanvar kuni Abonementlar va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish xizmati mutaxassislari shaharda joylashgan 92-52 U harbiy qism bo‘limida bo‘lib “Har sahifada ming bir durdona” nomli davra suhbati o‘tkazildi.Tadbir davomida kutubxonaga kelgan yangi adabiyotlar targ‘ibotini qilinib, harbiylar o‘zlari o‘qigan adabiyotlar muhokamasi bo‘lib o‘tib, savol-javoblar bilan qizg‘in davom etdi.