O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari tashkil etilganligining 33-yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni bayramiga bag‘ishlab 2025-yil 14-yanvar kuni Shirin shahar Axborot-kutubxona markazida “Yurtning metin qalqonlari” nomli zakovat intellektual o‘yini o‘tkazildi. Tadbirda avvalo harbiylarda bayram bilan muborak bod etib, harbiylar madhiyasi yangradi. Tadbir qiziqarli va savol javoblarga boy bo‘ldi.
Qiziqarli zakovat o‘yinida 1-o‘rinni “Qutqaruvchilar”, 2-o‘rinni “Yurtimiz qalqonlari”, 3- o‘rinni “Favqulodda vaziyatlar bo‘limi” egallashdi. Tadbir so‘ngida ishtirokchilarga Axborot-kutubxona markazi tomonidan tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.





