📚 Prezident Shavkat Mirziyoyev Yangi Toshkent shahri hududida qurilayotgan Milliy kutubxona bilan tanishdi. Mazkur kutubxona yangi tamaddun beshigiga aylanishi, ilm toliblarining sevimli ziyo maskaniga aylanishini, hamda kelajak avlodga barcha sohalarga oid bosma va elektron resurslarni yetkazib berishga xizmat qilishini ta’kidladi.
📚 Davlatimiz rahbari bo‘lajak kutubxonaning shakli va uning kelajakdagi vazifalari bo‘yicha aniq ko‘rsatmalar berdi.
📚 “Kutubxona eng moʻtabar joy bo‘lib qolishi kerak. U milliyligimizni, ma’naviyatimizni, o‘zligimizni anglatib turadigan joy bo‘lishi kerak” – dedi prezident.
📚 Bu sa’y-harakatlar O‘zbekistonda mutolaa madaniyatini targ‘ib etish, hamda kutubxonachilik sohasini yangi pog‘onaga olib chiqishga ko‘rsatilayotgan cheksiz e’tibor va yuksak e’tirof natijasidir.



