2024-yil 6-noyabr kuni Shirin shahar Axborot – kutubxona markazida huquqiy bilimlar kuni tashkil etildi.O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Kinematografiya sohasidagi ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida” 2024-yil 24-oktyabrdagi 694-son qarori hamda nogironligi bor shaxslarga imtiyozlar mazmun mohiyatini yoritib berish maqsadida Shirin shahar Adliya bo‘limi bilan hamkorlikda Shirin shahar Axborot – kutubxona markazi xodimlari hamda Shirin shahar Madaniyat bo‘limi xodimlari bilan birgalikda huquqiy savodxonlik darsi o‘tkazildi. Tadbirda Shirin shahar Adliya bo‘limi rahbari I. Xakimov , Sh. Aliqulovlar so‘zga chiqib, ushbu qaror mazmun mohiyatini xodimlarga tushunarli qilib so‘zlab berdilar. AKM xodimlari o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar.