2024-yil 18-oktabr kuni Shirin shahar Axborot-kutubxona markazi hamda Sirdaryo IES “Obyekt binolarida yong’in xavfsizligini ta’minlashni tashkil etish bo‘limi” bilan hamkorlikda O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 35 yillik munosabati bilan “Ona tilim g’ururim faxrim” nomli ijodiy badiiy kecha o‘tkazildi. Badiiy kecha davomida avvalo o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligi qachon qabul qilinganligi hamda tilimiz va yozuvimiz haqida ma’lumotlar berilib o‘tildi. Shundan so‘ng o‘quvchilarning til haqida aytgan she’rlari bilan davom etdi. Badiiy kechani “Tilga e’tiborsiz elga e’tiborsiz” maqoliga asoslanib buvijon va nabira obrazida kichik sahna ko’rinishi ham ijro etdilar.Tadbir so’ngida esa o‘zbek tili haqida bir juft she’r hamda samimiy tilaklar bilan Sirdaryo IES “Obyekt binolarida yong’in xavfsizligini ta’minlashni tashkil etish bo‘limi” boshlig’i o‘rinbosari mayor Y.Egamberdiyev yakunlab berdi.




