Shirin shahar Axborot-kutubxona markaziga 2024-yil 14-avgust kuni shaharda joylashgan 2-DMTT D.Omonlikovaning Tayyorlov guruhi tashrif buyurib “Kitobim-oftobim” mavzusida kutubxonaga ekskursiya tashkil etildi.Ekskursiyaga kelgan bolajonlarni avvalo «Book cafe» so‘ngra Abonementlar va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish xizmatining asosiy zali bilan tanishtirib chiqildi. Ekskursiya davomida mutaxassislar tomonidan bolajonlarga turli xil ertaklar va topishmoqlar o‘qib berishib so‘ngra bolajonlar o‘zlari ham bilgan ertaklardan aytib berdilar.