2024-yil 19-iyul kuni Shirin shahar axborot-kutubxona markazi Abonementlar va foydalanuvchilarga xizmat ko’rsatish xizmati mutaxassislari Shirin shahar elektr tarmoqlari korxonasida bo’lib u yerdagi ishchi xodimlar uchun kutubxonaga yangi kelgan adabiyotlardan bo’lgan Ro‘ziqul Rayimovning “Bir xatoning ming jafosi” nomli kitobining taqdimotini o’tkazdilar. Taqdimot davomida avvalo kitobning mazmuni haqida ma’lumotlar berilib , so’ngra savol javoblar o‘tkazildi.Tadbir so‘ngida esa mutaxassislar xodimlar tomonidan o‘zlari qiziqtirgan adabiyotlar haqida talabnomalar yozib olindi.

