Shirin shahar Axborot-kutubxona markazi hamda Yoshlar ishlari agentligi Shirin shahar bo‘limi bilan hamkorlikda 16-30 yosh toifasida bo‘lgan yoshlar o‘rtasida Kitobxonlik yo’nalishining Mushoira tanlovi bo‘yicha «Besh tashabbus olimpiadasi» musobaqasining Shirin shahar bosqichi bo’lib o’tdi.
Sheʼr aytish va yozish shartlari boʻyicha oʻzaro bellashuv yakuniga koʻra:

1-oʻrin Abduraidov Otabek «A.Temur» mahallasi
2-oʻrin Yaxyoyeva Shahnoza «Bunyodkor» mahallasi
3-oʻrin Maxashmadjonova Oksana «Vatanparvar» mahallasi yoshlariga nasib etdi.

Musobaqa 16-30 yosh toifasidagi yoshlar o’rtasida bo’lib o’tdi. Qizg’in kechgan tanlovda g‘olib va sovrindorlari diplom,qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanib,birinchilikni qo‘lga kiritgan yoshlar viloyat bosqichiga yo‘l oladi.