Inson aqliy salohiyatining yuksalishida kitobning o‘rni beqiyos. Zero, kitob tufayli dunyoqarashimiz boyib, tafakkurimiz yanada o‘sib boraveradi. Kitob – inson ma’naviyati va dunyoqarashini yuksaltiruvchi muhim manbaa hisoblanadi. Kitob o‘qigan inson mulohazali, bilimli bo‘lib, yuksak tafakkuri ila boshqalardan o‘zining dunyoqarashi va fikrlashi bilan ajralib turadi. Kitob – ruhiyatimiz ozuqasi, u bilan do‘stlashish kishini nafaqat yuksaltiradi, balki unga jahonni tanitadi, hamrohlik qiladi, ezgulikka yetaklaydi.
Shirin shahar Axborot-kutubxona markazi hamda Respublika Ma’naviyat va Ma’rifat markazi Shirin shahar bo‘linmasi bilan hamkorlikda “Kitob – xazina, bilim – boylik” shiori ostida kitob yarmarkasi o‘tkazildi. Mazkur kitob yarmarkasidan turli hildagi badiiy asarlar, tarixiy, tarbiyaviy ahamiyatga ega kitoblar o‘rin olgan. Yarmarka kitobxonalarda o‘zgacha qiziqish uyg‘otib ular o‘zlari qiziqtirgan mavzulardagi kitoblarni harid qildilar.





