📔Sirdaryo viloyatida Axborot-kutubxona sohasi xodimlarining bilimi, kasbiy mahorati, ijodiy yondashuvi va yangicha fikrlash qobiliyatini namoyon etishga qaratilgan “Yilning eng yaxshi Axborot-kutubxona mutaxassisi” ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.
🖥Tanlov davomida ishtirokchilar belgilangan shartlar asosida o‘z bilim va mahoratlarini namoyish etib, kasbiy tajribalari, ijodiy qobiliyatlari va soha bo‘yicha bilimlarini sinovdan o‘tkazdilar.
🥇Biz uchun quvonarlisi, Shirin shahar Axborot-kutubxona markazi Abonementlar va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish xizmati rahbari Yaxyoyeva Shahnoza Abdujalol qizi ushbu tanlovda munosib ishtirok etib, faxrli 1-o‘rinni egalladi.
✨Bu natija xodimimizning o‘z kasbiga bo‘lgan mas’uliyati, izlanishi va mehnatining munosib e’tirofi bo‘ldi. Bir xodimimizning yutug‘i — butun jamoamiz uchun quvonch va faxr.
🎉Shahnoza Yaxyoyevani ushbu muvaffaqiyat bilan samimiy muborakbod etamiz! Kelgusidagi faoliyatida ham yangi marralar va ulkan zafarlar tilaymiz.
📚Shirin shahar Axborot-kutubxona markazi jamoasi!