✅2026-yil 25-sentabr kuni Shirin shahar Axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan Do‘stlik MFYdagi kutubxonaga uslubiy yordam ko‘rsatish maqsadida amaliy tashrif amalga oshirildi.
🖥Tashrif davomida kutubxonadagi kitob fondining holati o‘rganilib, adabiyotlarni tartibli joylashtirish, saqlash va ulardan kitobxonlar uchun qulay foydalanish imkoniyatlarini yaratish yuzasidan tavsiyalar berildi. Fondga yangi kelib tushgan nashrlarni alohida hisobga olish, mavjud adabiyotlar ro‘yxatini tartibga keltirish hamda elektron resurslardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha fikrlar bildirildi.
📖Bundan tashqari, kitoblarni muntazam tozalash, ta’mirtalab adabiyotlarni tiklash va kutubxona fondini doimiy ravishda boyitib borish yuzasidan amaliy tavsiyalar berildi.
📝Mazkur uslubiy yordam mahallada kutubxona faoliyatini yanada takomillashtirish, aholiga sifatli axborot-kutubxona xizmatlarini ko‘rsatish va kitobxonlik muhitini rivojlantirishga qaratildi.

