✅2026-yil 24-sentabr kuni Shirin shahar Axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan Farhod MFYda mavjud kutubxona fondini tartibga keltirish, kitoblarga ishlov berish va ularni to‘g‘ri joylashtirish bo‘yicha uslubiy yordam ko‘rsatildi.
📔Tashrif davomida kutubxona fondidagi adabiyotlarni tartibli saqlash, yangi kelib tushgan nashrlarni hisobga olish va ro‘yxatini shakllantirish, kitoblarni mazmuni va turiga ko‘ra joylashtirish yuzasidan amaliy tavsiyalar berildi. Shuningdek, fondni saqlash sharoitlarini yaxshilash, kitoblarni tozalash va ta’mirlash hamda mavjud adabiyotlardan samarali foydalanishni tashkil etish masalalariga e’tibor qaratildi.
📝Uslubiy yordam jarayonida kutubxona faoliyatini yanada takomillashtirish, kitob fondini tartibli yuritish va mahalla aholisi uchun qulay mutolaa muhitini yaratish bo‘yicha fikr va tavsiyalar almashildi.
Mazkur amaliy hamkorlik Farhod MFYda kitobxonlik muhitini rivojlantirish va aholiga kutubxona xizmatlarini yanada sifatli tashkil etishga xizmat qiladi.

