📚 Sirdaryo viloyatida Axborot-kutubxona sohasi mutaxassislarining bilim va salohiyati, kasbiy mahorati, ijodiy yondashuvi hamda yangicha fikrlash qobiliyatini namoyon etishga qaratilgan “Yilning eng yaxshi Axborot-kutubxona mutaxassisi” tanlovining viloyat bosqichi ko‘tarinki ruhda va yuksak saviyada o‘tkazildi.
✨ Tanlov davomida ishtirokchilar belgilangan shartlar asosida o‘z bilim va mahoratlarini namoyish etib, ijodiy yondashuvlari, ilg‘or g‘oyalari va kasbiy salohiyatlarini namoyon etdilar.
🎶 Tadbir davomida 1- va 2-sonli BMSM san’at maktabi o‘quvchilari tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar va nafis raqslar ishtirokchilarga ko‘tarinki kayfiyat ulashib, tadbirga o‘zgacha fayz bag‘ishladi.
🏅 Tanlov yakunlariga ko‘ra:
🥇 1-o‘rin — Yaxyoyeva Shahnoza Abdujalol qizi, Shirin shahar Axborot-kutubxona markazi Abonementlar va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish xizmati rahbari
🥈 2-o‘rin — Turapova Mahbuba Jangiboy qizi, Mirzaobod tuman Axborot-kutubxona markazi Abonementlar va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish xizmati mutaxassisi
🥉 3-o‘rin — Musaboyeva Dildora Abdijalilovna, Oqoltin tumani Axborot-kutubxona markazi Abonementlar va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish xizmati mutaxassisi
🎁 Tanlov g‘oliblari diplom va qimmatbaho esdalik sovg‘alari bilan tantanali ravishda taqdirlandilar.
📜 Shuningdek, tanlovda faol ishtirok etgan barcha ishtirokchilarga sertifikatlar topshirildi.
👏 Tadbir yakunida barcha ishtirokchilarga samimiy minnatdorlik bildirilib, ularning kasbiy faoliyatida yangi yutuqlar, ijodiy izlanishlar va ulkan muvaffaqiyatlar tilandi.🌟 Bu tanlov — nafaqat bilim va mahorat, balki kasbga sadoqat, izlanish va yangilikka intilish bayrami bo‘ldi!

