✅2026-yil 21-sentabr kuni Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Shirin shahar bo‘linmasi, Shirin shahar Axborot-kutubxona markazi hamda Shirin shahridagi 49-479-harbiy qism hamkorligida harbiy xizmatchilar ishtirokida “Uch avlod uchrashuvi” tashkil etildi.
Uchrashuvda turli avlod vakillari o‘rtasida samimiy muloqot tashkil etilib, hayotiy tajriba, Vatanga sadoqat, milliy qadriyatlar, yoshlarni ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash hamda kitobxonlikning inson hayotidagi o‘rni haqida fikr almashildi.
Tadbir davomida katta avlod vakillari o‘zlarining hayotiy tajribalari va ibratli fikrlari bilan o‘rtoqlashib, yosh harbiy xizmatchilarni yurtga sadoqatli, mas’uliyatli va ma’naviy yetuk insonlar bo‘lib kamol topishga chorladi. Shuningdek, Axborot-kutubxona markazi tomonidan kitob mutolaasi va ma’naviy-ma’rifiy adabiyotlarning ahamiyati targ‘ib qilindi.
Uchrashuv samimiy va mazmunli ruhda o‘tdi.

