✅2026-yil 16-sentabr kuni Shirin shahar Axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan 4-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘quvchilar uchun “Kitob bilan do‘stlashgan avlod” nomli kitob targ‘iboti tadbiri tashkil etildi.
⏩Tadbir davomida Nurobod MFYda faoliyatini boshlagan Shirin shahar Axborot-kutubxona markazi haqida o‘quvchilarga ma’lumot berildi. Markazda yaratilgan sharoitlar, mavjud adabiyotlar va foydalanuvchilarga ko‘rsatiladigan xizmatlar haqida tanishtiruv o‘tkazildi.
📝Shuningdek, Axborot-kutubxona markaziga yangi keltirilgan adabiyotlar o‘quvchilarga namoyish etilib, ularning mazmuni va janrlari haqida qisqacha ma’lumot berildi. O‘quvchilarni yangi adabiyotlarni mutolaa qilishga qiziqtirish, kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda kutubxonadan faol foydalanishga jalb etish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

