✅2026-yil 15-sentabr kuni Shirin shahar Axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan Shirin shahrida joylashgan 99440-harbiy qismda xizmat olib borayotgan harbiy xizmatchilar o‘rtasida “Ma’naviyat qalqoni” Respublika kitobxonlik tanlovining 1-bosqichi bo’lib o‘tdi.
🏆Tanlovdan ko‘zlangan asosiy maqsad — harbiy xizmatchilar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, ularning badiiy adabiyotga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ma’naviy-ma’rifiy bilimlarini boyitish hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli o’tkazishdan iboratdir.