✅2026-yil 10-sentabr kuni Shirin shahar Axborot-kutubxona markazi mutaxassisi M. Mustafoqulova tomonidan Farhod MFY hududida joylashgan 2-son umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilari uchun “Kitob — ma’naviyat va tafakkur quroli” nomli kitob targ‘iboti tadbiri tashkil etildi.
📝Tadbir davomida o‘quvchilarga Shirin shahar Axborot-kutubxona markaziga yangi keltirilgan adabiyotlar haqida ma’lumot berilib, ularning mazmuni va ahamiyati bilan tanishtirildi. O‘quvchilarni kitob o‘qishga qiziqtirish, mutolaa madaniyatini oshirish hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishda kitobxonlikning o‘rni haqida suhbat olib borildi.
⏩Tadbir yakunida o‘quvchilarga muntazam kitob mutolaa qilish, o‘zlari qiziqqan adabiyotlarni kutubxonadan izlab topish va mutolaa orqali bilim hamda dunyoqarashlarini boyitish tavsiya etildi.