📚Shirin shahar Axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan yoshlar o‘rtasida “Giyohvandlikka qarshimiz!” mavzusida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
⏩Tadbirning asosiy maqsadi — yoshlar ongida giyohvand moddalarga qarshi immunitetni shakllantirish, ularning salbiy oqibatlari haqida tushuncha berish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishdan iborat.
📖Tadbir davomida giyohvandlikning inson salomatligi, oilasi va kelajagiga yetkazadigan zararlari haqida fikr va mulohazalar bildirildi. Yoshlar bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, sport bilan shug‘ullanish va kitob mutolaa qilishga chaqirildi.