“O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi” ko‘krak nishoni topshirildi

O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan mamlakatimiz taraqqiyoti, yurtimiz obodligi va xalqimiz farovonligiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan bir guruh yurtdoshlarimizga “O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi” ko‘krak nishonlarini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tantanali marosimda Shirin shahar hokimi Dilfuza Yigitaliyevna Kambarova ishtirok etib, yig‘ilganlarni ulug‘ ayyom bilan samimiy muborakbod etdi.
Quvonarlisi, marosimda Shirin shahar Axborot-kutubxona markazi direktori Nodira Maxmadiyevna Bekmuratova ham ushbu yuksak e’tirofga sazovor bo‘ldi. Ko‘krak nishoni Shirin shahar hokimi Dilfuza Yigitaliyevna Kambarova tomonidan tantanali ravishda topshirildi.
Nodira Maxmadiyevna Bekmuratovani ushbu yuksak mukofot bilan samimiy muborakbod etib, kelgusidagi faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar, mustahkam sog‘lik va yangi-yangi yutuqlar tilaymiz!
Yuksak e’tirof muborak bo‘lsin! 🇺🇿