✅Joriy yilning 24-avgust kuni Shirin shahar Axborot-kutubxona markazida Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasining Shirin shahar mas’ul xodimi G‘ofurov O. hamda AKM xodimlari ishtirokida “Internet jahon tarmog‘idagi diniy ekstremistik, terroristik va aqidaparastlik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan deb topilgan” mavzusida huquqiy davra suhbati o‘tkazildi.
🖥Tadbir davomida O.G‘ofurov so‘zga chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan internet jahon tarmog‘idagi diniy ekstremistik, terroristik va aqidaparastlik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan deb topilgan hamda O‘zbekiston Respublikasining hududiga olib kirish,tayyorlash,saqlash,tarqatish va namoyish etilishi taqiqlangan manbaa va kontentlar ro‘yxati yuzasidan tegishli tushunchalar berib o‘tdi.
📝Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, mutaxassisdan batafsil javoblar oldilar. Tadbirda jami 7 nafar hodim ishtirok etdi.


