2026-yil 21-avgust kuni Shirin shahar Axborot-kutubxona markazi hamda Farhod MFY hamkorligida Yo‘l xaritasining 38-bandida belgilangan “Kitobxon onalar” kuni munosabati bilan “Kitobxon ona — oilaning ma’naviy tayanchi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbirda Farhod mahallasining faol va kitobxon onalari ishtirok etdilar. Uchrashuv davomida kitob mutolaasining inson ma’naviyati va dunyoqarashini boyitishdagi o‘rni, oilada kitobxonlik muhitini shakllantirish hamda farzandlarni kitobga mehr ruhida tarbiyalash masalalari haqida fikr almashildi.
Tadbir jarayonida turli janrdagi badiiy va ma’naviy-ma’rifiy adabiyotlar namoyish etilib, ishtirokchilarga kitoblar mazmuni haqida ma’lumotlar berildi. Kitobxon onalar o‘zlari mutolaa qilgan asarlari haqida fikr va taassurotlari bilan o‘rtoqlashdilar hamda bir-birlariga kitoblar tavsiya etdilar.
Samimiy suhbat va kitob mutolaasi uyg‘unligida o‘tgan tadbirda onaning kitobxonligi oiladagi ma’naviy muhit va farzandlar tarbiyasiga bevosita ta’sir ko‘rsatishi alohida ta’kidlandi.
Tadbir ishtirokchilarda kitob mutolaasiga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirish, oilalarda kitobxonlik muhitini mustahkamlash hamda onalarni muntazam mutolaaga jalb etishga xizmat qildi.