✅2026-yil 30-iyul kuni Shirin shahar Axborot-kutubxona markazida “Yoshlar kuni” doirasida “Sport kuni” munosabati bilan yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni sportga keng jalb qilish hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish maqsadida shashka bo‘yicha qiziqarli va murosasiz turnir tashkil etildi.🖥Mazkur tadbir Axborot-kutubxona markazi direktori N. Bekmuratova rahbarligida o‘tkazilib, unda faol va kitobsevar yoshlar ishtirok etdilar. Turnir davomida ishtirokchilar o‘zlarining zukkoligi, tezkor fikrlashi, mantiqiy tafakkuri va shashka o‘yinidagi mahoratlarini namoyish etdilar.🏆Qizg‘in va do‘stona ruhda kechgan bahslar davomida ishtirokchilar g‘alaba uchun o‘zaro bellashib, o‘z mahoratlarini sinovdan o‘tkazdilar. Tadbir nafaqat yoshlarning sportga bo‘lgan qiziqishini oshirish, balki ularning mantiqiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish va bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishiga xizmat qildi.⏩Turnir yakunida g‘olib va faol ishtirokchilar munosib rag‘batlantirildi. Shashka bo‘yicha g‘oliblikni qo‘lga kiritgan ishtirokchilarga mutolaa qilish uchun qiziqarli va mazmunli kitoblar sovg‘a qilindi. Bu esa yoshlarni sport bilan bir qatorda kitob o‘qish va mutolaa madaniyatiga yanada qiziqtirishga xizmat qildi.📖Shuningdek, tadbir davomida kitobxonlikning inson tafakkuri va dunyoqarashini kengaytirishdagi o‘rni haqida fikrlar bildirilib, yoshlarni muntazam ravishda kitob mutolaa qilishga chorlandi.📝Bunday ma’naviy-ma’rifiy va sport tadbirlari yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning intellektual salohiyatini oshirish, sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish hamda kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishini yanada yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etadi.