✅2026-yil 23-iyul kuni Shirin shahar Axborot-kutubxona markazi hamda Milliy tiklanish demokratik partiyasi Shirin shahar kengashi hamkorligida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlab “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajakni yarataylik” shiori ostida “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi.
🖥Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad yoshlarning intellektual salohiyatini yuksaltirish, ularning mantiqiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish, kitobxonlik madaniyatini targ‘ib etish hamda Vatanga sadoqat va milliy qadriyatlarga hurmat tuyg‘ularini yanada mustahkamlashdan iborat bo‘ldi.
📊Intellektual bahsda “Everest”, “Liderlar” va “Vatanparvar” jamoalari o‘zaro bilimlar bellashuvida ishtirok etdilar. Murosasiz va qizg‘in kechgan bahslar yakuniga ko‘ra “Everest” jamoasi 1-o‘rinni, “Liderlar” jamoasi 2-o‘rinni, “Vatanparvar” jamoasi esa 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
🏆Tadbir yakunida g‘olib jamoalar hamda barcha ishtirokchilar faol ishtiroki uchun Tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
📖Mazkur intellektual o‘yin ishtirokchilarning bilim va tafakkurini sinovdan o‘tkazish bilan birga, ularda jamoaviy hamkorlik, sog‘lom raqobat va kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishni yanada oshirishga xizmat qildi.

