✅2026-yil 22-iyul kuni Shirin shahar Axborot-kutubxona markazida Amir Temur mahallasi bilan hamkorlikda Yo‘l xaritasining 38-bandida belgilangan “Kitobxon onalar” kuni munosabati bilan faol kitobxon onalar ishtirokida “Dunyo mamlakatlari” kitobining taqdimoti o‘tkazildi.
🖥Tadbir davomida kitobning mazmun-mohiyati, unda dunyoning turli mamlakatlari, ularning tarixi, madaniyati, urf-odatlari, geografik joylashuvi hamda diqqatga sazovor maskanlari haqida berilgan qiziqarli ma’lumotlar ishtirokchilarga tanishtirildi.
📚Taqdimot jarayonida kitobxon onalar bilan kitob yuzasidan fikr almashildi, mutolaaning oila muhitidagi o‘rni, farzandlar tarbiyasida kitobxonlik madaniyatini shakllantirishning ahamiyati haqida suhbat olib borildi. Ishtirokchilar o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashib, kitob yuzasidan qiziqtirgan savollariga javob oldilar.
📖Mazkur tadbir kitobxon onalar o‘rtasida mutolaa madaniyatini rivojlantirish, ularning dunyoqarashini kengaytirish hamda oilalarda kitobxonlik muhitini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.

