📔2026-yil 20-iyul kuni Shirin shahar Axborot-kutubxona markaziga shaharda joylashgan 9252-harbiy qism harbiy xizmatchilari tashrif buyurishdi.
🖥Tashrif doirasida harbiylar bilan «Kitobxon askar — yurt tayanchi» mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
📖Suhbat davomida harbiylarning ma’naviy dunyosini boyitish, mutolaa madaniyatini oshirish va kitobning inson hayotidagi o‘rni haqida so‘z bordi. Askarlar va ofitserlar o‘zlari sevgan asarlar hamda tarixiy kitoblar haqida o‘zaro fikr almashib, kutubxonada yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.
✨Vatanni nafaqat qurol, balki yuksak bilim va ma’naviyat bilan ham himoya qiluvchi posbonlarimizga munosib xizmat tilaymiz!

