📔Shirin shahar axborot-kutubxona markazi fondi yana yangi adabiyotlar bilan boyitildi. Shu munosabat bilan 2026-yil 02-iyul kuni markazning bibliografiya xizmati tomonidan yangi adabiyotlar ko‘rgazmasi tashkil etildi.
🖥Ko‘rgazmadan turli yo‘nalishdagi ijtimoiy-siyosiy, psixologiya hamda fanga oid adabiyotidan iborat kitoblar o‘rin olgan.
⏩Mazkur ko‘rgazmadan ko‘zlangan asosiy maqsad kitobxonlar, ayniqsa yoshlar o‘rtasida mutolaa madaniyatini oshirish, ularning ma’naviy dunyosini boyitish hamda kitobga bo‘lgan qiziqishni yanada yuksaltirishdan iboratdir.