#Kitob_ko‘rgazma
✅2026-yil 10-iyun kuni Shirin shahar Axborot-kutubxona markazida O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston xalq yozuvchisi Said Ahmad tavalludining 106 yilligiga bag‘ishlab “Yillar va taqdirlar kuychisi” nomli kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi.
🖥Ko‘rgazmada adibning ijodiga oid asarlar, hikoya va qissalari hamda u haqidagi adabiyotlar namoyish etildi. Mazkur kitob ko‘rgazmasi kitobxonlarni adibning boy ijodiy merosi bilan yaqindan tanishtirish, yoshlar o‘rtasida mutolaa madaniyatini rivojlantirish hamda milliy adabiyotimizga bo‘lgan qiziqishni oshirishga xizmat qildi.