✅2026-yil 4-iyun kuni Shirin shahar Axborot-kutubxona markazida Payshanba – yoshlar kuni munosabati bilan markaz rahbari N.Bekmuratova va yoshlar ishtirokida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
🖥Uchrashuv davomida yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularning fikr va takliflari tinglandi. Shuningdek, yoshlarni kitobxonlikka jalb etish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda ma’naviy-ma’rifiy bilimlarini oshirish masalalari yuzasidan suhbat olib borildi. Tadbir qizg‘in va samimiy ruhda o‘tdi.