🖥Xotira bor ekan – millat barhayot Inson, millat va xalq tarixiy xotira tuyg‘usi bilan barhayotdir. Xotira – kechagi o‘tmishni, ajdodlar o‘gitini, milliy merosimizni anglatib turuvchi – muqaddas kitob zarvaraqlaridek hayotimizni yoritib turadi.
🗣Qadr – insonni yuksaklikka ko‘taradi, uning faoliyatiga, orzu-intilishlariga, maqsad-maslaklariga olijanoblik bag‘ishlaydi.
✅Shu munosabati bilan 2026-yil 07-may kuni Shirin shahar Axborot-kutubxona markazining Axborot-bibliografiya xizmati tomonidan “Qahramonlar o‘lmaydi – ular millat xotirasida abadiy yashaydi” nomli rasmli-kitob ko‘rgazma tashkil etildi.
📖Ko‘rgazmadan ulug‘ vatan urushi vaqtidagi voqealar aks etgan kitoblar, rasmlar, oynomalarda aks etgan maqolalar o‘rin olgan.