✅9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Shirin shahar Axborot-kutubxona markazida “Adolat va huquq ustuvorligi” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
🖥Tadbirning asosiy maqsadi — jamiyatda qonun ustuvorligini ta’minlash, fuqarolarning huquqiy ong va madaniyatini yuksaltirish hamda yoshlarni Vatanga sadoqat, adolat va mas’uliyat ruhida tarbiyalashdan iborat bo‘ldi.
📝Davra suhbatida nuroniylar, yoshlar hamda kitobxonlar ishtirok etib, ular o‘rtasida samimiy muloqot tashkil qilindi. Nuroniylar tomonidan o‘z hayotiy tajribalari asosida qonunga hurmat, adolatli bo‘lish hamda jamiyatda tartib-intizomni saqlashning ahamiyati haqida ibratli fikrlar bildirildi. Shuningdek, ishtirokchilarga adolat tushunchasi, huquq ustuvorligining jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni hamda bugungi tinch va osoyishta hayotimizning qadriga yetish zarurligi haqida ma’lumotlar berildi.
⏩Tadbir davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, ularga atroflicha javoblar berildi. Mazkur davra suhbati yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularda adolat va qonun ustuvorligiga hurmat tuyg‘ularini shakllantirishga xizmat qildi.

