✅2026-yil 2-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Zulayho Bahriddinovna Mahkamova Shirin shahar Axborot-kutubxona markaziga tashrif buyurib, kitobxon qizlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
⏩Uchrashuv davomida yoshlarning, ayniqsa qizlarning ma’naviy-ma’rifiy saviyasini oshirish, ularni kitobxonlikka keng jalb etish hamda jamiyatdagi faolligini yanada kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
⏺Shuningdek, kitobxon qizlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, ularga atroflicha javoblar oldilar. Uchrashuv samimiy ruhda o‘tib, ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.
📖Mazkur uchrashuv yosh avlodni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning bilim va tafakkurini rivojlantirish hamda kitobxonlik madaniyatini yuksaltirishga xizmat qildi.