✅2026-yil 29-mart kuni Shirin shahar Axborot-kutubxona markazi xodimlari “Yurtim bo‘ylab sayohat” dasturi doirasida ichki turizmni rivojlantirish maqsadida Ma’naviyat va ma’rifat kengashi hamda Kasaba uyushmasining yillik ish rejalariga muvofiq Samarqand shahriga sayohat uyushtirdilar. Sayohat avvalida ishtirokchilar hozirda yangi foydalanishga topshirilgan Imom al-Buxoriy jome masjidiga tashrif buyurib, muqaddas maskan bilan yaqindan tanishdilar.
🗺Shundan so‘ng ular qadimiy va betakror go‘zallikka ega Samarqand shahriga yo‘l oldilar. Shaharda dastlab buyuk sarkarda Amir Temur maqbarasiga ziyorat amalga oshirildi.Keyingi manzil sifatida dunyoga mashhur Registon maydoniga tashrif buyurilib, uning tarixiy obidalari va me’moriy yodgorliklari tomosha qilindi.
🖥Shuningdek, sayohat davomida Shohi Zinda majmuasi ziyorat qilindi. Sayohat yakunida esa buyuk alloma Mirzo Ulug‘bek nomi bilan bog‘liq Ulug‘bek rasadxonasiga tashrif buyurildi. Mazkur sayohat ishtirokchilarda katta taassurot qoldirib, yurtimizning boy tarixiy merosi va madaniy obidalariga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirdi. Sayohat mazmunli, maroqli va quvonchli ruhda o‘tdi.