✅2026-yil 27-mart kuni Shirin shahar Axborot-kutubxona markazida “Yo‘l xaritasi”ning 38-bandida belgilangan “Kitobxon onalar” loyihasini amalga oshirish maqsadida kitobxon onalar uchun Abonementlar va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish xizmatining o‘quv zalida “Kitob — ayol uchun ma’naviy tayanch” nomli kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi.
📝Ko‘rgazmadan ayollarning ma’naviy kamoloti, oilaviy qadriyatlar, farzand tarbiyasi hamda shaxsiy rivojlanishga oid badiiy, ilmiy-ommabop va ma’rifiy adabiyotlar o‘rin oldi.
📖Mazkur ko‘rgazma onalar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yanada rivojlantirish, ularning ma’naviy salohiyatini oshirish hamda oilada sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantirishga xizmat qildi.
