#Rahbar_va_yoshlar_uchrashuvi
🖥“Yoshlar kuni” munosabati bilan uchrashuv

✅2026-yil 12-mart kuni Shirin shahar Axborot-kutubxona markazida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan haftaning har payshanba kuni “Yoshlar kuni” etib belgilanganligi munosabati bilan yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi.
📖Mazkur tashabbus mamlakatimizda yosh avlodga qaratilayotgan yuksak e’tibor va g‘amxo‘rlikning yana bir yorqin ifodasi bo‘lib, yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning muammolarini o‘rganish, bandligini ta’minlash hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishda muhim ahamiyat kasb etadi.
📝Shu maqsadda Shirin shahar Axborot-kutubxona markazi direktori N. Bekmuratova kutubxonamizning faol yosh kitobxonlari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuv davomida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi, shuningdek kutubxona fondida bo‘lishini istagan kitoblar yuzasidan talabnomalar ham o‘rganildi.
⏩Tadbir yakunida yosh kitobxonlarga mutolaa madaniyatini rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar berildi hamda o‘qish uchun tavsiya etiladigan adabiyotlar ro‘yxati taqdim etildi.