✅2026-yil 9-fevral kuni Shirin shahrida buyuk mutafakkir, davlat va jamoat arbobi, o‘zbek mumtoz adabiyotining asoschisi Alisher Navoiy tavalludining 585 yilligi munosabati bilan madaniy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
🖥Tadbir dastlab shahrimizdagi Ma’naviyat va ma’rifat maskani hududida joylashgan Alisher Navoiy haykali poyiga gulchambarlar qo‘yish marosimi bilan boshlandi. Ushbu marosimda ishtirokchilar ulug‘ mutafakkir xotirasiga hurmat bajo keltirdilar.
📝Tadbirning asosiy qismi Shirin shahar Yoshlar markazida davom ettirildi. Unda Shirin shahar Axborot-kutubxona markazi tomonidan Alisher Navoiy hayoti va ijodiga bag‘ishlangan kitob ko‘rgazmasi tashkil etilib, tadbir ishtirokchilariga mutafakkirning nodir asarlari va u haqidagi ilmiy-adabiy manbalar namoyish etildi.
📖Mazkur tadbir yoshlar va keng jamoatchilik o‘rtasida Alisher Navoiy merosini chuqur o‘rganish, milliy adabiyotimizga bo‘lgan hurmat va e’tiborni yanada oshirishga xizmat qildi.




