✅2025-yil 17-dekabr kuni Shirin shahar Axborot-kutubxona markazida Adliya davlat xizmatlari xodimlari ishtirokida «Huquqiy masalalar bo’yicha ochiq suhbat» mavzusida tadbir tashkil etildi.
⏩Tadbir davomida ishtirokchilar o’zlarini qiziqtirgan huquqiy masalalar yuzasidan savollar berib, mutaxassislardan batafsil javoblar oldilar.
🟢Suhbat jarayonida mehnat huquqi, oilaviy munosabatlar, mulkchilik masalalari, fuqarolik shartnomalarini tuzish tartibi, meros qonunchiligi va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish kabi dolzarb mavzular muhokama qilindi.
📝Adliya xodimlari har bir savolga aniq va tushunarli tarzda javob berib, ishtirokchilarga amaliy maslahatlar taqdim etdilar. Fuqarolar o’z huquq va majburiyatlarini yaxshiroq anglashga erishdilar.
⚡️Tadbir oxirida qatnashchilar bunday uchrashuv va maslahatlarning muntazam ravishda tashkil etilishini istiqbol qildilar.