✅2025-yil 3-dekabr kuni Shirin shahar Axborot-kutubxona markazining “Farhod” MFYda joylashgan o‘quv zalida “Kitob – ma’naviyat quyoshi” klubi a’zolari ishtirokida “Jadidlar – millat uyg‘onishi” nomli davra suhbati o‘tkazildi.
🖥Tadbir davomida jadidchilik harakatining tarixiy ahamiyati, uning asosiy vakillari — Mahmudxo‘ja Behbudiy, Abdulla Avloniy, Munavvarqori Abdurashidxonov, Abdurauf Fitrat kabi ma’rifatparvarlarning hayoti, ijodi va millat taraqqiyoti yo‘lidagi xizmatlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.Ishtirokchilar o‘zaro fikr almashib, yangi ma’rifiy g‘oyalar, jadidlarning milliy o‘zlikni uyg‘otish borasidagi sa’y-harakatlari hamda bugungi kunda ularning merosini davom ettirishning dolzarbligi haqida suhbatlashdilar.
📝Tadbir yakunida klub a’zolari mavzu bo‘yicha o‘z mulohazalarini bildirdilar, kitoblar ko‘rgazmasi bilan tanishdilar va kelgusida amalga oshiriladigan ma’naviy-ma’rifiy loyihalar haqida takliflar berishdi.

