✅2025-yil 3-dekabr kuni Shirin shahar Axborot-kutubxona markazining Farhod MFYda joylashgan o‘quv zalida kutubxonaga yangi kelib tushgan adabiyotlar ko‘rgazmasi tashkil etildi.
📚Ko‘rgazmada turli yo‘nalishlarga oid eng so‘nggi nashrlar, o‘quvchilar va kitobxonlar uchun qiziqarli, foydali hamda amaliy mazmundagi adabiyotlar namoyish etildi.
⚡️Ushbu ko‘rgazma kitobxonlar uchun yangi adabiyotlar bilan yaqindan tanishish, o‘z qiziqishlari bo‘yicha ma’lumotlar bazasini kengaytirish imkoniyatini yaratdi.