✅2025-yil 3-dekabr kuni Shirin shahar Axborot-kutubxona markazida markaz xodimlari uchun “Bag‘rikenlik — tinchlik va hamjihatlik poydevori” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
⏩Tadbir davomida Internet tarmog‘ida radikallashuvning oldini olish, zararli axborot ta’siriga tushmaslik, axborot madaniyatini oshirish hamda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish bo‘yicha fikrlar bildirildi. Shuningdek, bag‘rikenglik, o‘zaro hurmat va jamoada sog‘lom muhitni shakllantirishning ahamiyati haqida tushuntirishlar berildi.
📝Tadbirda Diniy ishlar bo‘yicha qo‘mita Shirin shahar vakili O. G‘offurov ishtirok etib, mavzu yuzasidan o‘zining tavsiyalari va fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdi.