✅2025-yil 21-oktabr kuni Shirin shahar Axborot-kutubxona markazida 1-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 2-sinf o‘quvchilari ishtirokida “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim!” nomli diktant yozish mashg‘uloti o‘tkazildi. Mazkur tadbir O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 36 yilligi munosabati bilan tashkil etildi.
🖥Tadbir davomida o‘quvchilar ona tilimizning go‘zalligi, boyligi va ahamiyatini his etish bilan birga, yozma savodxonliklarini mustahkamlashdi.
✨Ona tilimiz — millatimiz faxri, xalqimizning bebaho boyligidir!



