2025-yil 7-aprel kuni Shirin shahar Axborot-kutubxona markazi Abonementlar va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish xizmati asosiy o‘quv zalida kitobxonlar uchun “Temuriylar davlati — buyuk tarixiy meros”nomli kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi. Mazkur ko‘rgazma buyuk sarkarda va davlat arbobi Amir Temur tavalludining 689 yilligi munosabati bilan tashkil etilib, kitobxonlar e’tiboriga temuriylar davriga oid tarixiy adabiyotlar va badiiy asarlar taqdim etildi.Ko‘rgazmaning asosiy maqsadi yoshlarni Amir Temur va temuriylar davlati tarixini chuqur o‘rganishga undash, ularning boy merosini qadrlashga chorlash hamda vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlashdan iborat bo‘ldi.Kitob ko‘rgazmasi kitobxonlar tomonidan katta qiziqish bilan qarshi olindi va tarixiy-ma’rifiy ahamiyati bilan alohida e’tirof etildi.
