2025-yil 14-mart kuni Shirin shahar axborot-kutubxona markazida O‘zbekiston Milliy kutubxonasining 2025-yil 10-fevraldagi “Internet tarmog‘ida radikallashuvining oldini olish va mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarni keng jamoatchilikka targ‘ib qilish yuzasidan media-reja” ijrosini ta’minlash to‘g‘risidagi 15-son XDFU buyrug‘iga asosan, markaz mutaxassis xodimlari uchun, Shirin shahar Adliya boshqarmasi bilan hamkorlikda “Huquqiy madaniyatni oshirish hamda qonunlarga amal qilish” mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirni mazmun-mohiyatini ochib berish maqsadida Adliya boshqarmasi mutaxassisi Sh. Aliqulov o‘z ma’ruzasi bilan ishtirok etdi. Xodimlar tomonidan berilgan savollarga mutaxassis tomonidan atroflicha javob olindi.





