✅2025-yil 28-fevral kuni Shirin shahar Axborot-kutubxona markaziga 4-DMTT tarbiyachisi D.Tojiboyeva va majburiy ta’lim guruhi ekskursiyaga tashrif buyurishdi. Ekskursiya davomida bolajonlar kutubxona bilan yaqindan tanishib, undagi kitob fondi, axborot-resurslari va zamonaviy o‘quv zallari haqida ma’lumot olishdi. Kutubxona xodimlari ularga kitoblarning saqlanish tartibi, kutubxona qoidalari va bolalar adabiyotlarining ahamiyati haqida tushuncha berishdi.Shuningdek, ekskursiya ishtirokchilari uchun qiziqarli interaktiv mashg‘ulotlar va ertaklar muhokamasi tashkil etildi.
📌Bolajonlar mashhur ertak qahramonlari haqida o‘z fikrlarini bildirib, sevimli kitoblari haqida hikoya qilishdi. Tadbir davomida kutubxona xodimlari yosh mehmonlarga kitob o‘qishning foydalari, bilim olish va aqlni charxlashdagi roli haqida tushuntirish berishdi.Ekskursiya tarbiyalanuvchilarda katta taassurot qoldirdi. Ular kutubxona faoliyati bilan yaqindan tanishib, kelajakda bu maskanga yana qaytib kelish istagini bildirishdi. Shirin shahar Axborot-kutubxona markazi yosh avlodni bilim va ma’rifatga oshno etishda o‘z faoliyatini davom ettiradi.